Foto: AP
IBM korporatsiyasi sun’iy intellekt bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan lavozimlarga yangi xodimlarni yollashni qisqartiradi, dedi uning rahbari Arvind Krishna. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap 7800 ish o‘rni haqida ketmoqda.
Kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minoti bo‘yicha dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Amerikaning International Business Machines (IBM) korporatsiyasi sun’iy intellekt (SI) yordamida ushbu turdagi faoliyatni amalga oshirish imkoniyati tufayli ayrim lavozimlarga xodimlarni yollashni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Guruh bosh direktori Arvind Krishna yaqin besh yil ichida bir qator sohalarda, xususan, xodimlarni boshqarish sohasida ish o‘rinlarining uchdan bir qismi sun’iy intellekt va avtomatlashtirish bilan almashtirilishini kutmoqda. Gap 7800 ta pozitsiya haqida bormoqda. Bu haqda u 1 may, dushanba kuni e’lon qilingan Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan, Krishnaning so‘zlariga ko‘ra, IBM mijozlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lmagan ayrim bo‘linmalarda yangi xodimlarni ishga olishdan qisman yoki to‘liq bosh tortadi. Hozirda korporatsiyaning ushbu sohalarida 26 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda, dedi u. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va mijozlar bilan ishlash bo‘limlarida yangi xodimlarni ishga olish davom etadi. Korporatsiyada jami 260 mingga yaqin xodim ishlaydi.
Ayni paytda asosiy e’tibor ChatGPT'ga - dialoglar o‘tkazish va real matnlarni yaratish mumkin bo‘lgan sun’iy intellektga asoslangan matn dasturiga, uning raqobatchisi Bard'ga, shuningdek, sun’iy intellektga matn tavsiflari asosida tasvirlar yaratishga imkon beruvchi dasturlarga qaratilgan. Mutaxassislar ogohlantirishicha, sun’iy intellektning afzalliklari bilan bir qatorda undan foydalanish o‘ta xavfli bo‘lishi mumkin, xususan, u noto‘g‘ri ma’lumotlarni yaratishi va tarqatib yuborishi ehtimoldan yiroq emas.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?