Uchar nomli yangi messenjer sinovdan o‘tkazilmoqda

Uchar nomli yangi messenjer sinovdan o‘tkazilmoqda
Uchar nomli yangi messenjer sinovdan o‘tkazilmoqda

Tas-IX tarmog‘ida faoliyat yurituvchi Uchar messenjeri sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda rasman ma’lum qilinmagan bo‘lsa-da, lekin www.uchar.uz veb sayti ishlab turibdi va messenjerni yuklab olish imkoni mavjud.

Hozircha dastur orqali faqat matnli xabarlarni yuborish mumkin. Fayllar almashish va kontaktlarni avtomatik tarzda yuklash funksiyalari ishlab chiqish jarayonida. Netnews.uz sayti yozishicha, Rejada audio va video qo‘ng‘iroq imkoniyatlarini joriy qilish kutilmoqda.
Uchar nomli yangi messenjer sinovdan o‘tkazilmoqda

Saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra messenjerning windows va android platformalari uchun mo‘ljallangan talqini ishchi holatida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar