20:00 / 06.06.2023
123

Kembrij universiteti olimlari videoroliklar bo‘yicha ovqat tayyorlaydigan robot yaratdi

Kembrij universiteti olimlari videoroliklar bo‘yicha ovqat tayyorlaydigan robot yaratdi

Kembrij universiteti olimlari robot-oshpazni videolar bo‘yicha sakkizta oddiy retseptdan salat tayyorlash uchun dasturlashtirdi. Robot bu vazifani muvaffaqiyatli bajarib, tajriba yakunida o‘zi to‘qqizinchi retseptni ham o‘ylab topdi.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, videokontent avtomatlashtirilgan taom tayyorlash uchun qimmatli maʼlumotlar manbai bo‘lishi mumkin. Bu, shuningdek, robot-oshpazlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish xarajatlarini kamaytiradi.

Ilgari bir nechta kompaniyalar ovqat tayyorlash uchun robotlarning prototiplarini taqdim etgan, biroq tayyor yechimlar sotuvda paydo bo'lmagan, chunki ular ovqat tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish borasida odamlardan ancha orqada qolayotgandi.

Ilmiy guruh sakkizta oddiy salat retseptlarini ishlab chiqdi va ularning qanday tayyorlanishi haqida videolarni suratga oldi. Keyin olimlar robot-oshpazga taom tayyorlashni o‘rgatish uchun neyrotarmoqdan foydalanishdi. Model allaqachon turli xil mahsulotlarni, jumladan, sakkizta retseptda ishlatiladigan meva va sabzavotlarni aniqlash uchun dasturlashtirilgan.

Kompyuter orqali ko‘rish texnikasidan foydalangan holda robot videoning har bir kadrini tahlil qilib, turli obyektlar va qo‘l harakatlarini aniqlay oldi. Ko'rilgan 16 ta videodan robot 93% holatda to'g'ri retseptni tanlay oldi. Shuningdek, robot videodagi oshpazning harakatlarini 83% to‘g‘ri bajara olgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kembrij universiteti olimlari videoroliklar bo‘yicha ovqat tayyorlaydigan robot yaratdi