Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
iOS 17 operatsion tizimining beta-versiyasida Apple Music'ning maxfiy xususiyati aniqlandi – mazkur servisda ijtimoiy tarmoqning ayrim imkoniyatlari paydo bo‘lgani aytib o‘tilmoqda. Bu haqda 9to5Mac portali xabar berdi.
Foydalanuvchilar endi do‘stlari tinglayotgan musiqani birgalikda tinglash uchun ularga obuna bo‘lish imkoniyatiga egalar.
Do‘stingizning profilida siz ommaviy pleylistlar ro‘yxatini, shuningdek, ular kuzatib boradigan qo‘shiqchilar ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin. Misol uchun, 9to5Mac tahririyati Apple katta vitse-prezidenti Eddi Kyuning Apple Music'dagi akkauntida Coldplay guruhining pleylistini topa oldi.
Qayd etilishicha, qaysi musiqa tinglayotganingizni hech kim bila olmasligi uchun profilingizni yopib qo‘yish imkonini beruvchi sozlama mavjud.
9to5Mac jurnalistlari “maxfiy ijtimoiy tarmoq” deb atagan yangi funksiya iOS 17 beta-versiyasining barcha foydalanuvchilari uchun allaqachon mavjud. Mazkur operatsion tizim keng doiradagi foydalanuvchilarga joriy yilning kuzida taqdim etilishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi