19:17 / 21.06.2023
137

Sun’iy intellekt vafot etgan odamlarning ovozi bilan gapirishni o‘rgandi

Sun’iy intellekt vafot etgan odamlarning ovozi bilan gapirishni o‘rgandi
Foto: Google Images
Amerikaning Meta kompaniyasi generativ sun’iy intellektning yangi modelini ishlab chiqqanini ma’lum qildi, u tirik odamlar bilan bir qatorda, vafot etgan odamlarning ham ovozini tovush fayllari asosida takrorlay oladi.
 
Qayd etilishicha, Voicyebox deb nomlangan AI modeli olti tilda gaplasha oladi. Meta kompaniyasida bu ishlanma “nutq uchun generativ sun’iy intellekt sohasidagi katta yutuq” sifatida baholandi.
 
Model tavsifiga ko‘ra, sun’iy intellekt xorijiy tillarda ham inson ovoziga taqlid qila oladi. Kompaniya vakillarining fikricha, bu filmlarni dublyaj qilishga yordam beradi va internetdagi kontent yaratuvchilarga videolarni boshqa tillarga tarjima qilish imkonini beradi.
 
Ishlab chiquvchilar texnologiyaning potensial xavflarini hisobga olib, modelga jamoatchilik kirishini yopishga qaror qilishganini qo‘shimcha qildi.
 
Generativ nutq modelini ishlatishning juda ko‘p qiziqarli variantlari mavjud, ammo noto‘g‘ri foydalanish xavfi tufayli biz hozirda Voicyebox modeli yoki kodini e’lon qilmayapmiz”, — degan kompaniya vakili.
 
Meta texnologiyadan yomon maqsadlarda foydalanishning oldini olish uchun sun’iy intellektni rivojlantirishda ochiqlik va javobgarlik o‘rtasidagi muvozanatni topish kerak degan xulosaga keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sun’iy intellekt vafot etgan odamlarning ovozi bilan gapirishni o‘rgandi