Google kompaniyasining Med-PaLM 2 sun’iy intellektga ega tibbiy chatboti AQSHning Mayo klinikasi va boshqa tibbiyot muassasalarida faol sinovdan o‘tkazila boshlandi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, test joriy yilning aprel oyida boshlangan. Google kompaniyasining AI-chatboti tibbiyotga oid har qanday savollarga javob olishga mo‘ljallangan. Ishlab chiquvchilarning fikricha, loyiha tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan mamlakatlarda ayniqsa foydali bo‘ladi.
Jurnalistlar qo‘lga kiritgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Med-PaLM 2 hozircha so‘zning aniqligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda, garchi raqobatchi ishlab chiquvchilar boshqa til modellarida bu muammolarni bartaraf etishni allaqachon uddalagan bo‘lsalar ham.
Tadqiqot davomida Med-PaLM 2 javoblarida shifokorlarning javoblariga qaraganda ko‘proq noto‘g‘ri va bemorga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlanganini aytishmoqda.
Google'ning tadqiqot bo‘yicha bosh direktori Greg Korradoning so‘zlariga ko‘ra, Med-PaLM 2 hali rivojlanishning dastlabki bosqichida. Ishlab chiquvchi tashxisning aniqligini va bemorning xavfsizligini ta’minlash uchun so‘nggi sun’iy intellektni sinovdan o‘tkazishni davom ettirish muhimligini ta’kidlamoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring