23:20 / 10.07.2023
117

Yaponiyada dunyodagi eng mitti kamera taqdim etildi (video)

Foto: Europa Plus

Hozir raqamli texnologiyalar asrida, mobil telefon yordamida istalgan narsani suratga olish imkoni bo‘lgan bir paytda, qo‘shimcha kamerani faqat professional fotograflar sotib oladi. Yaponiyaning Gather Tech kompaniyasi taqdim etgan yangilik ko‘pchilikni hayron qoldiradi. Kompaniya tomonidan yaratilgan dunyodagi eng kichik kamerada fotosuratlarni ham, videolarni ham suratga olish mumkin.

Yaponiyaning Gather Tech kompaniyasi yangi gadjet — MiniCa’ni yaratdi. Ushbu kamera nafaqat o‘lchamlari — 40×47×36 millimetr, balki og‘irligi bilan ham hayratda qoldirdi. Bu kameraning vazni atigi 17 grammni tashkil qiladi.

Qurilma yordamida siz nafaqat fotosuratlar, balki videolar ham olish mumkin. Katta piksellar soni yuqori sifatli kadrlarni olishga yordam beradi. Uning akkumulyatori sig‘imi gadjetdan bir soat foydalanish imkonini beradi.

Foto: Europa Plus

Kadrlarni smartfoningizda suratga olishni istamaysizmi? Xavotir olmang, Gather Tech bu masalaning ham yechimini o‘ylab topdi. Kamera microSD kartasiga ega. Bu sizga suratga olgan barcha narsalaringizni kompyuteringizga yoki telefoningizga o‘tkazishga yordam beradi.

Hozircha bu yangilikni do‘konlardan topib bo‘lmaydi, biroq siz GreenFunding platformasi orqali uni oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Yaqinda Sony sun’iy intellektga ega xuddi shunday kamera — ZV-E1 ni taqdim etdi. Biroq uning og‘irligi 483 grammni tashkil etdi, shuning uchun “dunyodagi eng yengil kamera” nomi MiniCa’ga tegishli.

Foto: Europa Plus

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada dunyodagi eng mitti kamera taqdim etildi (video)