"Yunona" sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yupiter orbitasiga yetib keldi

"Yunona" sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yupiter orbitasiga yetib keldi
"Yunona" sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yupiter orbitasiga etib keldi

Sayyoralararo avtomatik stansiya "Yunona" (Juno) bundan 5 yil oldin koinotga uchirilgan edi. Bugun u Yupiter orbitasiga yetib bordi, deb xabar beradi interfax.ru sayti. Astronom olimlar kosmik stansiya yordamida ulkan sayyoraning nimadan tarkib topganini o‘rganishni hamda koinotning sirlariga kalit topishni maqsad qilishgan.

"Dvigatel yaxshi ishladi, orbitaga yetib borildi. Men sening barcha sirlaringni ochishga tayyorman. Yupiter. Bunga tayyor tur", - deb yoziladi kosmik missiyaning tvitterdagi rasmiy sahifasida.

"Yunona" 2011 yilning 5 iyulida Yupiterni to‘liq tadbiq etish maqsadida koinotga chiqarilgan edi. U "Galileo"dan keyingi Yupiterning ikkinchi sun’iy yo‘ldoshiga aylandi. Yupiterga yetib borgan kosmik stansiyalarning esa to‘qqizinchisi bo‘ldi.

Shu paytga qadar uchirilgan kosmik apparatlarning birortasi hali Yupiterga bunchalik yaqin kelmagan edi. Sayyoraning jadal radiatsion belbog‘lari himoyalanmagan elektr tizimini juda tez ishdan chiqarar edi. "Yunona" esa ma’lum darajada ushbu holatlardan himoyalangan.


Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar