date
views 354

«Kundalik.com» oʻz oʻrnini boshqa platformaga boʻshatib beradi

«Kundalik.com» oʻz oʻrnini boshqa platformaga boʻshatib beradi

Yangi oʻquv yilidan e'tiboran «Kundalik.com» endi oʻz faoliyatini «e.maktab.uz» sifatida davom ettiradi.

Yangi platformaning afzalliklari qanday? Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot kommunikatsiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boʻlimi etakchi mutaxassisi Arslonbek Rahmonqulov javob berdi.

— "Yangi, e.maktab.uz platformasiga oʻtilishiga asosiy sabab shuki, bizga juda koʻp murojaatlar boʻldi: Kundalik.com domeni chetda saqlanadimi? Oʻzimizda emasmi, degan mazmundagi. Shundan kelib chiqib, biz oʻzimizning platformani joriy qildik. Boshida bu faqat elektron kundalik va elektron jurnalni oʻz ichiga olgan edi. Hozir yanada takomillashtiryapmiz, yanada qulayliklar yartilmoqda. Bu tizimni joriy etishdan asosiy maqsad shaffoflikni oshirish, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan ozod etish va oʻquvchilarning ta'lim jarayonlariga ota-onlarni ham jalb qilishdir", – deydi mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Kundalik.com» oʻz oʻrnini boshqa platformaga boʻshatib beradi