06:00 / 29.08.2023
60

Apple kuzda ikkita taqdimot o‘tkazadi: qanday yangilik kutilmoqda?

Foto: Sky News

2023 yilning kuzida Apple kompaniyasi ikkita taqdimot o‘tkazadi. Unda yangi iPhone, soatlar va yangi kompyuterlarni namoyish etiladi. Bu haqda Bloomberg jurnalisti Mark Gurman xabar berdi.

Sentabrdagi taqdimotning eng yorqin jihati, albatta, iPhone 15 bo‘lishi kerak. Asosiy yangilik Lightning ulagichidan USB-C portiga o‘tish bo‘ladi. Mutlaqo yangi Ultra modeli ham bo‘lishi kutilmoqda, u ultrazoom linzasini oladi va tarixdagi eng qimmat iPhone bo‘ladi.

Boshqa yangiliklar ikkinchi avlod Watch Series 9 va Watch Ultra aqlli soatlari bo‘ladi. Budjetli Watch SE 3 keyingi yil kuzda chiqariladi. Ushbu taqdimot 12 sentabr kuni oldindan yozib olingan onlayn translyatsiya formatida bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi taqdimot

Oktabr oyi oxirida Apple yana bir anonsni rejalashtirmoqda —xususiy Apple M3 chiplari asosidagi birinchi Mac kompyuterlari. Potensial yangi mahsulotlar qatorida iMac 24, MacBook Air 13 va MacBook Pro 13 ham tilga olinadi. Ammo ularga alohida taqdimot bag‘ishlanadimi yoki Apple shunchaki press-relizlarni chop etadimi, noma’lum.

Shuningdek, 2023-yil oxirigacha AirPods Pro’ning uchinchi avlodi va uy uchun yangi aqlli qurilmalar e’lon qilinishi mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kuzda ikkita taqdimot o‘tkazadi: qanday yangilik kutilmoqda?