Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Xitoyning raqamli intellektual datchiklar va chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi O‘zbekistonda tadqiqot markazini ochadi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Bu bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligida Shandun provinsiyasi Dechen Xalq Hukumati, Dezhou Huake Semiconductor va Bitmain Huake Semiconductor Research Institute qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar markazini tashkil etish va uning kelgusidagi faoliyati muhokama qilindi. Tomonlar loyiha doirasida memorandum imzoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar