17:46 / 29.09.2023
73

Apple sensorli matoni patentlash uchun ariza topshirdi. Bu nimani anglatadi?

Apple allaqachon qurilmalardan tashqari boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AppleInsider xabar berdi.

Apple brendi tadqiqotchilari kompaniya yaqinda topshirgan yangi patent arizasini o‘rgandi. Unda matoni sezish qurilmasi, oddiy so‘z bilan aytganda, insonning teginishini sezadigan sensorli mato haqida gap ketgan.

Hujjatda kompaniya zamonaviy texnologiyalarga xos bo‘lgan turli elementlar — tugmalar, kalitlar, sichqonlar, trekbollar, joystiklar, sensorli panellar va boshqalar bilan tajriba o‘tkazishi mumkinligi yozilgan. Biroq an’anaviy gadjetlar odatda qattiq materiallar yordamida ishlab chiqariladi.

Patent deyarli har qanday iste’mol mahsulotiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan sensorli matoni tavsiflaydi. Bu kiyim, aksessuarlar, bezak buyumlari va hatto mebel bo‘lishi mumkin. Ya’ni matoni dizaynga kiritish mumkin bo‘lgan hamma narsa.

Kelajakda Apple bu g‘oyani qanday ishlab chiqishini prognoz qilish qiyin. Ehtimol, aqlli soatlar tasmasi sensorli bo‘lib qoladi. Yoki MacBook korpusidagi to‘qimachilik elementi joriy batareya zaryadi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Biroq patent arizasi bunday texnologiya yaqin kelajakda paydo bo‘lishiga kafolat bermaydi. Ehtimol, kompaniya raqobatchilarni mag‘lub etish maqsadida buni kelajak uchun qilyapti.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple sensorli matoni patentlash uchun ariza topshirdi. Bu nimani anglatadi?