08:50 / 04.10.2023
155

Raqamli texnologiyalar vazirligi: «Mobil qullik» bekor qilinadi

Raqamli texnologiyalar vazirligi: «Mobil qullik» bekor qilinadi

O‘zbekistonda «mobil qullik»ka barham beriladi, ya’ni raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik 24−27 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ICTWeek Uzbekistan 2023 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida «mobil qullik»ka barham berilishi haqida e’lon qiladi. Shuningdek, mobil operatorlar o‘rtasida raqamlarni uzatish tizimi (Mobile Number Portability, MNP) namoyish etiladi.

Qayd qilinishicha, «mobil qullik»ni bekor qilishning texnik asoslari o‘tgan yili tayyor bo‘lgan, ammo idora va kompaniyalar o‘rtasida kelishuv jarayoni tufayli kechiktirilgan.

Raqamlarni ko‘chirish xizmatini joriy etish prezident tomonidan 2018 yil may oyida tasdiqlangan 2018−2021 yillarda O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan edi. O‘sha yilning dekabr oyida Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (hozirgi Raqamli texnologiyalar vazirligi) mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom loyihasini muhokamaga kiritdi.

Boshqa operator bilan yangi shartnoma tuzishda raqamni saqlab qolish huquqi 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ham kiritilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Raqamli texnologiyalar vazirligi: «Mobil qullik» bekor qilinadi