date

Tarmoqqa Xiaomi’ning ilk noutbuklari ko‘rsatkichlari va narxi haqidagi ma’lumotlar chiqib ketdi

Tarmoqqa Xiaomi’ning ilk noutbuklari ko‘rsatkichlari va narxi haqidagi ma’lumotlar chiqib ketdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining ilk noutbuklarini taqdim qilmoqchi. Ularning ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumot internetga chiqib ketdi. Bu haqda Gizmo China'ga asoslanib "Kun" xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Mi Notebook noutbuklari ikki variantda: minimal va maksimal komplektasiyada taqdim qilinadi. Minimal komplektasiya quyidagi ko‘rsatkichlarni oladi: ichki o‘rnatilgan Intel HD520 videokartali Intel Core i5-6200U (Skylake) chipseti, 8 GB tezkor xotira, 256 GB SSD disk va Windows 10 operasion tizimi.

Maksimal komplektasiya 15,6 dyuymli UHD-displey, Intel Core i7-6700HQ chipseti, 16 GB DDR4 tezkor xotira, 512 GB SSD disk, NVIDIA GTX970M diskret videokartasi va Windows 10 operasion tizimi bilan jihozlanadi.

Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, minimal ko‘rsatkichlarga ega noutbuk 3999 yuan, maksimal ko‘rsatkichlarga ega noutbuk esa 6699 yuan turadi.

Yangi mahsulotlar 27 iyuldagi taqdimotda namoyish qilinishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Tarmoqqa Xiaomi’ning ilk noutbuklari ko‘rsatkichlari va narxi haqidagi ma’lumotlar chiqib ketdi