date

Apple «Mashinada karaoke» shousini sotib oldi

Apple «Mashinada karaoke» shousini sotib oldi

Apple kompaniyasi ommaviy shou bo‘lmish Carpool Karaoke («Mashinada karaoke»)ning barcha huquqlarini sotib oldi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Kompaniya shouni Apple Music obunachilari uchun ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. Karaoke «The Late Late Show With James Corden» («Jeyms Kordenning juda ham kechki shousi») dasturining bir qismi bo‘lgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Korden amaliy prodyuser sifatida tayinlangan va loyihani davom ettirishi ma’lum qilingan.
Apple musiqa xizmati foydalanuvchilari uchun har hafta bir marta eksklyuziv loyihani taqdim etishni rejalashtirgan. Kompaniya tasarrufida ayni damda 16 ta shou mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple «Mashinada karaoke» shousini sotib oldi