Xitoy kompaniyalaridan biri smartfonlar olamidagi eng yirik qurilmani taqdim etdi

Xitoyning Akyumen kompaniyasi bir vaqtning o‘zida Windows 10 va Android tizimlarida ishlay oladigan, tashqi tomonidan proektor o‘rnatilgan 7 dyuymli Holofone smartfonini taqdim etdi. Bu haqda The Verge nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Qurilmaning katta hajmiga qaramay ishlab chiqaruvchi uni smartfon, deya atamoqda. Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri — proektor smartfondagi suratlarni 100 dyuym balandlikda tasvirlay oladi.

Smartfon Android Lollipop tizimida ham va Windows 10 tizimda ham birdek ishlaydi. Proektor rejimida kompyuterga aylanadi-qoladi.
Qurilmaning eng past bahosi 750 dollar. 950 dollarga smartfon bilan birga Bluetooth-dinamik, o‘yin boshqaruvchisi va batareya o‘rnatadigan maxsus tagqism beriladi. U 1 sentyabrdan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Smartfon to‘rt yadroli Intel Atom prosessorida ishlaydi. Qurilmada 4 GB tezkor xotira va 128 GB asosiy xotira mavjud.
Orqa kamera 13 megapiksel, old kamera esa 5 megapiksel. Ishlab chiqaruvchining ishonch bildirishicha, 2910 sig‘imga ega batareya proektor rejimida ikki soat ishlab beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing