SanDisk kompaniyasi Barselonada bo‘lib o‘tayotgan MWC-2015 ko‘rgazmasida 200 Gbli SanDisk Ultra microSDXC UHS-I, Premium Edition – mobil qurilmalarda ishlatish mumkin bo‘lgan dunyodagi eng katta hajmga ega bo‘lgan MicroSD xotira kartasini namoyish qildi. 125 Gb li SanDisk Ultra microSDXC xotira kartasi ishlab chiqilgandan bir yil o‘tib, SanDisk kompaniyasi shu standartdagi tirnoq o‘lchamidagi kartasi sig‘imini 56 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Zamonaviy mobil qurilmalar foydalanuvchilarining talablariga javoban bu yangi xotira kartasi o‘z egalariga tasvirga olishda, foto, video va boshqa fayllarni saqlashda qancha bo‘sh joy qolgani haqida qayg‘urmaslik imkonini beradi.
“Mobil qurilmalar bozorni to‘liq o‘zgartirib yuboryapti. Hozirda 10 ta tasvirdan 7 tasi smartfon yoki planshetlar yordamida olinmoqda. Umuman, mobil qurilmalar suratga olish va tasvirlar bilan almashishning asosiy vositasi sifatida qabul qilinmoqda. 2019 yilga borib, har 10 ta tasvirdan 9 tasi smartfon yoki planshetlar yordamida olinadi. Mobil qurilmalar foydalanuvchilarining ehtiyojlari oshgan sari SanDisk ularning talablariga javob beradigan echimlarni taklif qilishga intilmoqda. Bunga yangi 200 Gb li SanDisk Ultra MicroSDXC xotira kartasi yaqqol misol bo‘la oladi”, deb aytdi IDC agentligining Worldwide Digital Imaging Practice yo‘nalishi vise-prezidenti Kristofer Shyut.
Yangi MicroSD kartasi Android’da ishlovchi barcha smartfon va planshetlarga to‘liq mos tushadi hamda o‘zida hozirda dunyodagi eng maksimal xotira sig‘imi hamda ma’lumotlarni 90 Mb/s gacha tezlik bilan uzatish imkoniyatini birlashtirgan. Bunday tezlik bilan foydalanuvchilar daqiqasiga 1200 ta tasvir uzatishlari mumkin bo‘ladi. SanDisk kompaniyasining Memory Zone dasturi bilan foydalanuvchilar mobil qurilmalaridagi ma’lumotlarni saqlashni nazorat qilishlari mumkin bo‘ladi. Memory Zone dasturida OptiMemTM app funksiyasi bo‘lib, bu funksiya foydalanuvchi ko‘rsatgan chegaradan telefonning ichki xotirasi kamayib ketganda avtomatik ravishda telefondagi eski rasmlar va videolarni MicroSD kartasiga yuboradi va shu tariqa ichki xotirani bo‘shatadi.
Ushbu xotira kartasiga o‘n yillik kafolat muddati berilib, 2015 yilning ikkinchi choragidan 399,99 AQSh dollari narxida sotuvga chiqariladi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi