15:15 / 28.11.2023
531

2100 yilda paydo bo‘lishi kutilayotgan ajabtovur texnologiyalar

2100 yilda paydo bo‘lishi kutilayotgan ajabtovur texnologiyalar

2100-yilga kelib odamlar yerosti shaharlarida yashaydi va sunʼiy intellektning maslahatlari va tavsiyalariga tayanadi. Bu ilmiy fantastik film ssenariysiga o‘xshaydi. Ammo bunday hayot haqiqatga aylanish ehtimoli yuqori, deydi ekspertlar.

“Raqamlashtirgan insonlar” oramizda yashay boshlaydi

Foto: “Europa Plus”
 

 

Sunʼiy intellektga ega raqamli insonlar va gumonoid-robotlar kundalik hayotda muhim rol o‘ynay boshlaydi. Ular xona tozalash va kir yuvish kabi oddiy ishlardan tortib, murakkab vazifalargacha bajarishi mumkin bo‘ladi.

“2100-yilga kelib, bizning hayotimiz texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanadi. Ular bizni yo‘naltiradi, shakllantiradi va boshqaradi. Gumonoid-robotlar insonlar bilan yonma-yon yashashni boshlaydi. Ular murakkab jarrohlik operatsiyalaridan tortib, insonlar bilan oddiy muloqotgacha bo‘lgan turli vazifalarni bajaradi”, — deydi PushFar kompaniyasining bosh direktor va hamtaʼsischisi Ed Jonson.

Sunʼiy intellekt odamlarga tanlashda yordam beradi

Foto: “Europa Plus”
 

 Kelajakda sunʼiy intellekt har bir odamga hamroh bo‘lib, u uchun qarorlar qabul qiladi. Shu jumladan, qanday kasb tanlash bo‘yicha ham.

“Qaysi kasbni tanlash haqida bosh qotirishga hojat yo‘q. Sunʼiy intellekt bo‘yicha “ustozingiz” uni siz uchun bajaradi va yakuniy qarorni qabul qilishingiz uchun barcha maʼlumotlarni taqdim qiladi”, — deydi Jonson.

Yer ostidagi shaharlar

Foto: “Europa Plus”
 

Taxminlarga ko‘ra, 2100-yilga kelib, yer usti bo‘shlig‘ida foydalanish mumkin bo‘lgan joylar kam qolishi natijasida shahar infiratuzulmasining ko‘p qismi yer ostiga ko‘chadi. Robotlar esa yerosti tunnellarini qurish bilan band bo‘ladi.

Yangi yerosti qurilish texnologiyalarida faol bo‘lgan hyperTunnel robototexnika kompaniyasining maʼlum qilishicha, robotlar tunnel qazishadi va tadqiqotchilar yangi yerosti yashash joylari va binolar xaritalarini yaratish uchun kengaytirilgan reallikdan foydalanadi.

Yerosti inshootlari shahar markazidagi joy tanqisligini hal qilishga yordam beradi. Astek binolaridan ilhomlangan Mexikodagi Earthscraper 65 qavatli teskari piramida kabi yerosti inshootlarini qurish rejalari allaqachon amalga oshirilmoqda.

Dipfeyklar tufayli videolardagi suv belgilari 

Foto: “Europa Plus”
 

Fotoapparat ishlab chiqaruvchilari raqamli suv belgilarini joylashtirishlari kerak bo‘ladi, chunki qalbaki suratlar tobora ko‘payib bormoqda va ularni haqiqiysidan farq qilish qiyin.

“Dipfeyk texnologiyasi yuksalishi natijasida raqamli axborotlarning xoh ular fotosuratlar, videolar yoki audio yozuvlar bo‘lsin, haqiqiyligiga ishona olmaymiz”, — deydi Sectigo xavfsizlik kompaniyasining tajriba va xavfsizlik bo‘yicha direktori Tim Kallan.

Bolalar virtual maktabga boradi

Foto: “Europa Plus”
 

Kabuni kompaniyasining bosh direktori va asoschisi Himesh Patel sunʼiy intellekt bolalar taʼlimida ishtirok etishini aytdi. U o‘quvchilar vaqt bo‘ylab sayohat qilishi mumkin bo‘lgan virtual darslarni taklif qildi.

Ushbu virtual maktabda o‘quvchilar kosmik liftlarda ko‘tariladi, astrofizikani o‘rganadi, vaqt bo‘ylab sayohat qiladi, tarix saboqlarini o‘rganadi va yakka tartibda shug‘ullanish uchun sunʼiy intellekt “ustozlari” bilan muloqot qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2100 yilda paydo bo‘lishi kutilayotgan ajabtovur texnologiyalar