Sybertrusk pikapi
Tesla Shimoliy Amerikada o‘zining Sybertrusk pikapini sotishni boshladi, deb e’lon qildi kompaniya rahbari Ilon Mask.
Elektropikapning eng arzon versiyasi 60 990 dollar turadi, bu 2019 yilda va’da qilingan 40 000 dollardan sezilarli darajada ko‘p, deya qayd etdi Reuters. Pikapning eng kuchli versiyasi — Syberbeast, shuningdek, to‘liq privodga ega versiyalari 2024 yildan boshlab mos ravishda 100 000 va 80 000 dollarlik boshlang‘ich narxlarda xaridorlarga taqdim etiladi.
“Sybertrusk allaqachon Shimoliy Amerikadagi Tesla do‘konlariga yo‘l olgan”, — deb yozgandi Ilon Mask o‘tgan hafta X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mashina 1,5 tonnadan ortiq yukni tashishga qodir. 2,9 soniyada 96 km/soat tezlikka chiqadi va bir marta zaryad qilinganida 800 kilometrgacha yuradi.
Tesla Sybertrusk uchun 2 millionta oldindan buyurtma olgan
Sybertrusk — bu Tesla'ning deyarli to‘rt yil ichida chiqargan ilk yangi modeli.
“Sybertrusk bilan o‘zimizga qabr qazidik”, — deb tan olgan Maskning o‘zi savdo boshlanishidan bir necha kun oldin. U pikap sotuvi daromad keltirgunga qadar bir yildan 18 oygacha vaqt kerak bo‘lishini tushuntirdi.
Avvalroq Mask Tesla 2025 yilda yiliga 250 000 ta pikap ishlab chiqarish quvvatiga yetishi mumkinligini ma’lum qilgandi, deb yozadi Reuters. Sybertrusk buyurtmalari allaqachon 2 milliontaga yetdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring