Foto: Global Look Press
YouTube foydalanuvchilarga o‘z videolariga izoh qoldirishni vaqtincha to‘xtatib turish imkonini beruvchi yangilanishni chiqardi. Kompaniyaning fikricha, bu blogerlarga kontent ustidan ko‘proq nazorat o‘rnatish va sharhlarni moderatsiya qilishga kamroq chalg‘ish imkonini beradi.
O‘zgarishdan oldin YouTube foydalanuvchilari sharhlarni saqlab qo‘yishi va e’lon qilishdan oldin tekshirishi yoki sharhlar bo‘limini butunlay yopib qo‘yishi mumkin edi. Shuningdek, izohlarni avtomatik ravishda e’lon qilish ham mumkin edi.
Yangilanishda ba’zi funksiyalar nomi o‘zgartirildi: «Nazoratni kuchaytirish» va «Ehtimoliy nomaqbul izohlarni ko‘rib chiqish uchun qoldirish» kabi variantlar endi yo‘q. Hozir quyidagi variantlar mavjud: «Yoqish», «O‘chirish» va «To‘xtatib turish».
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring