date

OAV: Apple o‘z mahsulotlarida kamchilik topgan xakerlarga 200 ming dollargacha mukofot beradi

OAV: Apple o‘z mahsulotlarida kamchilik topgan xakerlarga 200 ming dollargacha mukofot beradi

Amerikaning Apple korporasiyasi yaqin orada xakerlar va kompyuter dasturchilariga 200 ming AQSh dollarigacha miqdorda mukofot puli berishini e’lon qiladi. Buning uchun ular, korporasiya tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlarning nuqsoni va kamchiligini topishi hamda bu haqda korporasiyaga ma’lum qilishi darkor, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib “Kun” xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada ushbu dastur ishga tushirilishi haqida Apple vakillari shu kunlarda Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan kompyuter texnologiyalari sohasidagi xavfsizlikka oid anjuman doirasida ma’lum qilishgan. Shu bilan korporasiya Google va Facebook kabi o‘z tizimlaridagi nuqsonlarni topganlarga pul mukofoti beruvchi kompaniyalar safiga qo‘shiladi.

Shu bilan birga, AR agentligining ma’lum qilishicha, dastlab Apple o‘z dasturini avval ham hamkorlik qilgan xakerlar va kompyuter mutaxassislariga joriy qiladi. Ammo, keyinchalik dastur kengaytirilishi mumkin.
1976-yili asos solingan Apple korporasiyasi iPhone smartfonlari, iPad planshet kopyuterlari, iPod musiqiy pleerlari, iMac noutbuk va stol kompyuterlari hamda boshqa texnikalarni ishlab chiqaradi. U, dunyoning eng yirik korpoasiyalaridan biri bo‘lib, uning bozor kapitallashuvi 530 mlrd dollardan oshib ketadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » OAV: Apple o‘z mahsulotlarida kamchilik topgan xakerlarga 200 ming dollargacha mukofot beradi