16:14 / 20.12.2023
159

Prezident: «Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korrupsiyani yo‘q qilishga intilmagan rahbar»

Prezident: «Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korrupsiyani yo‘q qilishga intilmagan rahbar»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlat rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan o‘zgarib borayotgan sharoitda hech bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

«Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korrupsiyani yo‘q qilishga intilmagan rahbar», – dedi prezident.

Joriy yilning o‘zida mamlakatda:

  • ta’lim, bank, moliya, bojxona, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformatsiya qilish doirasida 100 ta dasturiy loyiha ishlab chiqildi;
  • 500 dan ziyod yangi IT kompaniyalari tashkil etilib, sohaga 475 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi;
  • yil yakuni bilan IT xizmatlari hajmi 10 trillion so‘mga yetishi (2022 yilga nisbatan – 1,5 barobar ko‘p), eksporti esa 300 million dollardan oshishi (2 barobar) kutilmoqda.

«Lekin sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha qilinadigan ishlar hali juda ko‘p», – dedi prezident.

Bu yil IT sohasi eksporti Toshkent viloyatida – 100 mingdan 4,4 million dollarga, Samarqandda – 700 mingdan 3,2 millionga, Andijonda – 60 ming dollardan 2,8 million dollarga oshib, yuqori sur’atlarda o‘sdi. Surxondaryo ham ilk bor IT xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yib, 1 million dollardan oshirdi.

Lekin eksport Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryoda 500 ming dollarga ham yetmaydi.

Hududlarda 20 mingdan ortiq yoshlar IT bilan mustaqil shug‘ullanib, xalqaro onlayn platformalar orqali yaratgan mahsulotini chetga sotyapti.

Masalan, farg‘onalik yosh dasturchi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQSh, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotgan.

  • Davlat rahbari 2024 yildan boshlab hududlarda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilishini e’lon qildi. Bunda:
  • IT kompaniyalari hududlardagi bo‘sh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi;
  • iqtidorli dasturchilarga bir yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi;
  • 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab beriladi;
  • eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Bu maqsadlarga kelgusi yilda 65 milliard so‘m ajratiladi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi IT parkni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun kelgusi yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida uning shu’ba korxonalarini ochadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Prezident: «Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korrupsiyani yo‘q qilishga intilmagan rahbar»