16:00 / 30.12.2023
153

O‘zbekistonda mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalari e’lon qilindi

O‘zbekistonda mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalari e’lon qilindi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining "Mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Mayning-pul faoliyatini tashkil etish kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Mayning-pul o‘z faoliyatini faqatgina mayning-pulning elektron platformasi orqali amalga oshiradi.

Mayning-pul:

  • o‘z elektron platformasining zarur darajada ishlashini ta’minlashi;
  • mayning-pul ishtirokchilari operatsiyalari hisobini alohida yuritishi;
  • milliy va xorijiy maynerlarni o‘zining elektron platformasiga ulanish bo‘yicha talabnomalari ijrosini ta’minlashi;
  • mayning-pul ishtirokchilarining, mayning-pulning elektron platformasida ular tomonidan mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarini chiqarish bo‘yicha talabnomalari ijrosini ta’minlashi;
  • o‘zining elektron platformasining axborot xavfsizligini ta’minlashi;
  • mayning-pul ishtirokchilarining reyestrini olib borishi;
  • har kuni kun yakuni bo‘yicha mayning-pul ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi barcha ma’lumotlarning (elektron tashuvchi vositalarda) zaxira nusxasini yaratishi;
  • mayning-pul xodimlari va mayning-pul tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilingan shaxslarning mayning-pul faoliyatini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va mayning-pul tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjatlarni (bundan buyon matnda lokal hujjat deb yuritiladi) bilish darajasini doimiy oshirib borishi;
  • kripto-aktivlarni reklama qilish va o‘z faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etishi lozim.

Mayning-pul quyidagilarni tartibga soluvchi lokal hujjatlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim:

  • mayning-pulga ulanish;
  • mayningni, topilgan kripto-aktivlarni mayning-pul ishtirokchilari orasida taqsimlash va ularning kripto-hamyonlariga chiqarish jarayonlarini amalga oshirish;
  • mayning-pulning elektron platformasida kripto-aktivlar listingi va delistingini amalga oshirish;
  • maynerlarni identifikatsiyadan o‘tkazish qoidalari.

Mayning-pulning elektron platformasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:

  • mayningni amalga oshirish jarayonida topilgan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarini;
  • mayning-pul ishtirokchilarining kripto-aktivlarini saqlash;
  • muqaddam muomalaga kiritilgan kripto-aktivlarni mayning-pul va mayning-pul ishtirokchilarining kripto-hamyonlariga o‘tkazish;
  • anonim kripto-aktivlar mayningi va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.

Mayning-pul, mayning-pul ishtirokchilarining mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarini (shu jumladan ularning nomidan), kripto-aktivlar bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ishlatishga haqli emas.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalari e’lon qilindi