Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkentda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 23 yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi delegatsiya Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Shavkat Umurzoqov Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmalariga muvofiq Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar, jumladan, “yashil” jamoat transportini rivojlantirish dasturlari haqida gapirdi. Hamkorlikning bir nechta variantlari, shaharda taklif etilayotgan transport turlari va yo‘nalishlari ko‘rib chiqish uchun taklif etildi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Bey Kyu hamkorlikdan manfaatdor ekanligini va Toshkent tomonining ushbu yo‘nalishdagi barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyiha yerusti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan bo‘lib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Ularning tavsiyalari va takliflari Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd. loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, o‘z navbatida, uning amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini ta’minlaydi.
Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd. Xitoy va Shveysariyaning Bartholet Maschinenbau AG kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona bo‘lib, kanat yo‘llari, istirohat bog‘lari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring