Foto: Google Images
Buyuk Britaniyada elektromobillarning savdosining jami soni 1 million donaga yetdi. Bu haqda Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar jamiyati (SMMT) bayonotida aytilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida elektr motorli avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga oshib, 20 935 donani tashkil etgan. Ko‘rsatkichni hisoblash boshlanganidan beri, ya’ni 2002 yildan buyon mamlakatda 1,001 million dona shunday avtomobil sotilgan.
SMMT bosh ijrochi direktori Mayk Xous: "1 million belgisiga erishish uchun 20 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi, ammo to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash bilan biz keyingi ikki yil ichida sotuvlarni yana 1 millionga oshirishimiz mumkin", — dedi.
Yanvar oyida Buyuk Britaniyada yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga oshib, 142 876 ta avtomobilga yetdi. Ko‘rsatkich 18 oy ketma-ket o‘sib bormoqda.
Dizel dvigatelli avtomobillar savdosi 10,1 foizga kamayib, 9348 dona, benzinli dvigatelga ega avtomobillar esa 7,5 foizga oshib, 81905 donaga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi