11:02 / 16.02.2024
78

Matnga qarab rostakam video yaratadigan Sora neyrotarmog‘i ishlab chiqarildi

Matnga qarab rostakam video yaratadigan Sora neyrotarmog‘i ishlab chiqarildi
ChatGPT va Dall-e kabi neyrotarmoqlarni yaratgan OpenAI ning yangi sun’iy intellekti bilan endi bemalol kino ham ishlasa bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, bu neyrotarmoq modeli oddiy matnni yuqori sifatli roliklarga aylantirib bera oladi. Hozircha u bilan bir daqiqagacha bo‘lgan video generatsiya qilish mumkin.

Neyrotarmoqni yaratgan OpenAI kompaniyasining qayd etishicha Sora obyektlarning fizik xossalari va bir-biriga o‘zaro bog‘liqligini hisobga oladi, shu sababli tabiiy animatsiyali rostakam videolar yarata oladi.

Bundan tashqari, Sora mavjud videodagi bo‘sh kadrlarni to‘ldirib, uning davomiyligini ham uzaytirib bera oladi.

Ayni paytda neyrotarmoq sinov bosqichida va hozircha omma e’tiboriga havola etilmagan. Biroq uni allaqachon rassomlar, dizaynerlar va rejissyorlar sinovdan o‘tkazmoqda. Ular generatsiya davomidagi ayrim xatoliklarni ko‘rsatib berishadi.

Sun’iy intellektni sinovdan o‘tkazayotganlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlari kerak”, — deydi kompaniya.

Sora omma uchun foydalanishga qachondan ochiq bo‘lishi noma’lum. OpenAI sun’iy intellektdan foydalanishda xavfsizlik va etikaga e’tibor qaratib, soxta kontentni aniqlash funksiyalar ustida ishlamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Matnga qarab rostakam video yaratadigan Sora neyrotarmog‘i ishlab chiqarildi