Foto: Android Headlines
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi MWC 2024 texnologik ko‘rgazmasida bilaguzukka aylanadigan moslashuvchan smartfon konsepsiyasini namoyish etdi. Yangi mahsulot Cling Band deb nomlanadi.
Samsung Cling Band – bu bir qurilmaga birlashtirilgan smartfon va aqlli soat, deb yozdi Android Headlines. U oddiy smartfon hajmidagi egiluvchan OLED displey bilan jihozlangan. Yig‘iladigan mexanizm tufayli uni bilakka o‘rash va ulkan displeyli soatga aylantirish mumkin.
Avvalroq, Motorola ham shunga o‘xshash narsani ko‘rsatgan edi. Ammo Samsung konsepsiyasi yurak urish tezligi sensorini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni u ham fitnes-trekerning bir turi. Orqa kamera ham mavjud, ammo uning o‘lchamlari haqida hech narsa ma’lum emas. Konseptli telefonning xususiyatlari ham oshkor etilmagan.
Bu konseptual qurilma bo‘lgani uchun narx yoki ishlab chiqarish sanasi yo‘q. Ammo, mutaxassislar fikriga ko‘ra, yaqin yillarda yangi shakl omillarida moslashuvchan smartfonlar, shu jumladan, bir vaqtning o‘zida smartfon va soat sifatida foydalanish mumkin bo‘lganlarni ko‘rishimiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi