Apple 1 kompyuterining dastlabki namunasi auksionda sotildi

Apple 1 kompyuterining prototipi auksionda 815 ming AQSh dollariga sotildi. Bu haqda BBC'ga asoslanib Qalampir.uz xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, Stiv Jobs va Stiv Voznyak 1976 yilda deyarli 200 dona ana shunday kompyuterning prototipini yaratishgan. Auksionda sotilgan namuna faqat platadan iborat. Unda na monitor va na tizim blogi bor.
Auksionni tashkil etgan “Charitybuzz” jamg‘armasi kompyuter savdosidan 1 million AQSh dollari yig‘ishni rejalashtirgan edi, ammo uning oxirgi narxi 815 ming dollar bo‘ldi.
To‘plangan mablag‘ning o‘ndan bir qismi leykemiya va limfoma tadqiqoti uchun sarflanadi. Kompyuterni sotib olgan Glenn va Shennon Dellimorning so‘zlariga ko‘ra, ular mazkur namunani maktab va universitetlarda namoyish etishadi va bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim olayotgan talaba va o‘quvchilarni ilhomlantirishdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing