16:52 / 12.03.2024
85

Gollivudda sun’iy intellekt orqali Merilin Monroning qiyofadoshi yaratildi

Gollivudda sun’iy intellekt orqali Merilin Monroning qiyofadoshi yaratildi
AQSHning Texas shtatidagi Ostin shahrida bo‘lib o‘tgan South by Southwest (musiqa va kino festivallari, konferensiyalarini o‘tkazadigan tashkilot) festivalida tomoshabinlar zamonaviy texnologiyaning ajoyib ko‘rinishidan bahramand bo‘ldi: tadbirda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan afsonaviy aktrisa Merilin Monroning nusxasi — “Raqamli Merilin” taqdim etildi.

Foto: Film.ru
Mazkur festival 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlandi. “Raqamli Merilin” ChatGPT yordamida real vaqtda foydalanuvchilar bilan muloqot qilishi mumkin, u insonlarga xos his-tuyg‘ularini bildira oladi.

Loyiha Soul Machines va Authentic Brands Group kompaniyalari tomonidan ishlab chiqildi. Ular Merilin Monro, Elvis Presli va boshqa o‘nlab yulduzlarning suratlaridan foydalanish huquqiga ega. Ayni vaqtda Gollivudda fransiyalik shanson qo‘shiqchisi va aktrisa Edit Piaf haqida biopik tayyorlanmoqda. Mazkur loyihada ham sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Gollivudda sun’iy intellekt orqali Merilin Monroning qiyofadoshi yaratildi