Foto: Google Images
Xalqaro mustaqil IT ekspertlar alyansi boshqaruvi raisi Amir Yerjanov qozog‘istonlik IT kompaniyalar O‘zbekistonga faol ko‘chib o‘tayotganini, u yerda o‘z IT mahsulotlarini ishlab chiqarayotganini va ularni xorijda muvaffaqiyatli sotayotganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, u bunday kompaniyalar uchun soliqlarni kamaytirishni taklif qildi. Bozorning boshqa ishtirokchilari bu taklifga rozi bo‘lib, O‘zbekistonda IT'ning tez o‘sishini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Masalan, dasturiy ta’minotni tarqatuvchi kompaniya Gulnura Alimkulova ularning biznesi pandemiyadan keyin bozorning faol o‘sishi kuzatilayotgan O‘zbekistonda muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidladi.
O‘zbekistonda ko‘proq IT kompaniyalarni jalb qilish va ularga davlat obyektlari va jihozlaridan bepul foydalanish, shuningdek, ish haqi va kadrlar tayyorlash xarajatlarini qisman qoplash kabi qo‘shimcha imtiyozlar berishga qaratilgan Zero Risk dasturi ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, mahalliy IT kompaniyalarni xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va xorijiy ekspertlarni jalb qilish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali jahon bozoriga chiqishga yordam beradigan dasturni joriy etish rejalashtirilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda IT bo‘yicha o‘rtacha ish haqi 3,1 mln so‘mdan 7,6 mln so‘mgacha, Qozog‘istonda esa 5,4 mln so‘mdan 13,1 mln so‘mgacha miqdorni tashkil qiladi.
O‘zbekistonda yangi ish boshlovchilarga maksimal 4,4 million so‘m, Qozog‘istonda esa 8,6 million so‘mgacha maosh taklif etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘zbekiston Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi
Prezident: Mahalliy kengashlar har yarim yilda matbuot anjumani o‘tkazishi kerak
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”