20:15 / 14.03.2024
87

Tezkor-qidiruv tadbirlarini kibermakondan foydalangan holda o‘tkazishga ruxsat berildi

Tezkor-qidiruv tadbirlarini kibermakondan foydalangan holda o‘tkazishga ruxsat berildi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

«Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda o‘tkazilishi mumkin bo‘ldi.

«Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rishga va ularni sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunga jinoyatlarning holatlarini aniqlash, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qidirish, shuningdek jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanishga doir ichki ishlar organlarining huquqlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tezkor-qidiruv tadbirlarini kibermakondan foydalangan holda o‘tkazishga ruxsat berildi