Foto: Europaplus
Fan va texnika taraqqiy etgan kunchiqar mamlakat Yaponiya o‘zining yana bir ajoyib ixtirosini ommaga taqdim etdi.
Tanishing, bu Sherobo nomli robot-tarvuzdir. Uni tutib olish oson emas, tatib ko‘rib ham bo‘lmaydi. U bolalar va kattalar uchun birdek qiziqarli o‘yinchoq vazifasini bajaradi.
Foto: Europaplus
Ushbu robot mualliflarining ta’kidlashicha, uning yaratilishiga Yaponiyaning “Suykavari” nomli o‘yini ilhomlantirgan. O‘yin qoidasiga ko‘ra, ishtirokchi ko‘zlarini bog‘lagan holda tayoq bilan tarvuzni bo‘laklarga bo‘lishi kerak. Sherobo esa mustaqil ravishda bo‘laklarga ajralib, ularni oyoqlar kabi harakatlantira oladi.
Foto: Europaplus
Robotning oyoq-qo‘llari hamda tanasi 3D printerda chop etilgan. U maxsus pult yordamida boshqaruv paneli orqali harakatlanadi.
Loyiha mualliflari Sherobo‘ni sotishni istamaydi. Shunga o‘xshash robot qurishni xohlagan havaskorlar uchun uni yig‘ish bo‘yicha qo‘llanma Hackaday platformasida joylashtirilgan. Yangi robotni qurishni istaganlar uni boshqa turdagi mevaga qiyoslab yasashlari mumkin.
Foto: Europaplus “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi