Foto: Europaplus
Yog‘och bilan bog‘liq ekologik muammo bilan Raysa Universiteti tadqiqotchilari shug‘ullanib kelmoqda. Olimlar 3D printerda chop etiladigan xuddi yog‘och kabi material ixtiro qilishdi. Bu haqda Europaplus nashri xabar berdi.
Uning tarkibiga sellyuloza va lignin kiradi. Ushbu ikkala birikma keraksiz va yoqib yuboriladigan sanoat yog‘och chiqindilaridan olinadi. Ekologik jihatdan yog‘och mahsulotlarini yoqish atmosferaga juda zararlidir. Buning yechimiga esa ushbu texnologiya orqali erishildi. Endilikda ortiqcha yog‘och mahsulotlari 3D printer uchun qo‘llaniladi.
Foto: Europaplus
Loyiha rahbari Muhammad Rahman bu haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Yog‘ochni bevosita o‘zining tabiiy komponentlaridan yaratish imkoniyati ushbu sohada innovatsion kelajakning boshlanishi uchun asos bo‘ladi. Mazkur yangilik 3D printerda chop etish orqali ekologik toza yog‘och ishlab chiqarishning yangi davrini belgilaydi".
Biroq loyihaning o‘ziga yarasha kamchiliklari mavjud, jumladan, printerning siyohida yog‘och materiallarni birlashtirish bilan bog‘liq muammolar bor. Mahsulot chop etilgach, ikki sutka davomida -85 daraja sovuqlikda saqlanishi, keyinchalik esa 180 darajada 30 daqiqa mobaynida qizdirilishi lozim. Mazkur jarayonlar uchun juda ko‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun mutaxassislar alternativ variantlar ustida ilmiy ishlar olib bormoqda.
Foto: Europaplus
Yangi 3D printerda chop etilgan materiallar yog‘och analoglaridan deyarli farq qilmaydi: ular tuzilishi, issiqlikka chidamliligi va hatto hidi bilan o‘xshab ketadi. Innovatsion material osonlik bilan parchalanadi va ekologik xavfsizdir. Buning ustiga, u oddiy yog‘ochdan mustahkam va chidamliroqdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi