Foto: yugatech.com
2024 yil boshida Xitoyning China Mobile aloqa operatori 5G-Advanced (shuningdek 5.5G yoki 5GA nomi bilan ham tanilgan) yangi uyali aloqa standartini ishga tushirganini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, bozorda yangi texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi qurilma allaqachon mavjud.
Xitoyning OPPO Find X7 smartfoni 5.5G standartini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi qurilma hisoblanadi. Bu haqda kompaniya vakili ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, 5.5G standartini qo‘llab-quvvatlovchi smartfon modellari soni yil oxirigacha 20 tadan oshishi kutilmoqda, China Mobile esa 5.5G tarmog‘i bilan 300 dan ortiq shaharlarni qamrab olishni rejalashtirmoqda. Bular birinchi navbatda Pekin, Shanxay va Guanchjou megapolislari bo‘ladi.
5.5G oddiy 5G dan 300 foiz tezroq ekanligi ma’lum. U 10 Gbit/s yuklab olish tezligini va 1 Gbit/s yuklash tezligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, 5.5G qo‘shimcha tayanch stansiyalar ko‘rinishidagi sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Uning Xitoydan tashqarida chiqarilishi haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.
Sun’iy yo‘ldosh aloqalari esa 2024 yil oxirigacha Android smartfonlarida paydo bo‘lishi kutilmoqda. Iphone smartfonlaridan farqli o‘laroq, u faqat SOS matnli xabarlar bilan cheklanib qolmaydi, ya’ni sun’iy yo‘ldoshga ulanish orqali mobil yoki Wi-Fi tarmog‘isiz xabar jo‘natish/qabul qilish va qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”