14:25 / 12.05.2024
103

5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi

5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi
Foto: Ferra
Tokio texnologiya instituti olimlari 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi — neyrotarmoqlarga asoslangan usulini ishlab chiqishdi. Bu nisbatan yanada arzon, energiyani tejovchi va ixcham uyali aloqa minoralarini qurish imkonini beradi.

An’anaviy mobil aloqa signalini kuchaytirish usullari elektr energiyasini ko‘p sarflovchi murakkab va qimmat yechimlarni talab etadi. Panjarali antennalardan foydalaniladigan 5G minoralari bu vazifani yanada qiyinlashtiradi.

Yapon muhandislari kuchaytirgichlarda signalni tahlil qilish va sozlash uchun sun’iy intellekt — neyrotarmoqlardan foydalanishni taklif etishdi. Neyrotarmoq real vaqt rejimida signal uzatishdagi xalaqitlarni aniqlash va tuzatishni o‘rganadi, qolaversa, energiyani juda kam sarflaydi.

Fujitsu Limited qurilmalarida sinalgan yangi texnologiya yuqori samaradorligini ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi