Foto: Ferra
Kioto universiteti shifoxonasi shikastlangan tishlarni tiklovchi yangi dori vositasining klinik sinovlariga shu yilning sentyabridan kirishadi.
Sinovlar 2024 yilning sentyabridan 2025 yilning avgustigacha — bir yil davom etadi. Dori tishlarning o‘sishini to‘xtatuvchi gen bilan bog‘liq oqsilni faolsizlantirish hisobiga ta’sir ko‘rsatishi aytilmoqda.
Oldin sichqon va ko‘zan kabi jonivorlarda o‘tkazilgan tajribalar muvaffaqiyatli kechib, sezilarli yon ta’sirlar kuzatilmagandi.
Klinik sinovlarning birinchi bosqichida 30 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan, har birining kamida bittadan jag‘ tishi tushgan 30 nafar erkak qatnashadi.
Dori vena tomiri orqali yuboriladi. Klinik sinovlarning keyingi bosqichlarida tishlarida tug‘ma nuqsoni bor 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalar hamda tishlaridan butunlay yoki qisman mahrum bo‘lgan katta yoshlilar qatnashadi.
Sinovlarga stomatologiya va molekular biologiya mutaxassisi Katsu Takaxasi boshchilik qiladi, u tishlarni o‘stirish usullari ustida 2005 yildan buyon izlanish olib bormoqda.
Yangi texnologiya keng qo‘llanilishiga, har qanday yoshdagi odamlarning tishlarini tiklashda yordam berishiga uning ishonchi baland. Yaponlarning tish o‘stiradigan dorisi tijoriy maqsadlarda uzog‘i bilan 2030 yilgacha ishlab chiqarilishi boshlanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”