01:13 / 13.09.2016
6 631

Xiaomi Mi 4c smartfoni portlab ketib egasiga shikast etkazdi

Xiaomi Mi 4c smartfoni portlab ketib egasiga shikast etkazdi

Xiaomi Mi 4c smartfoni portlab ketib egasiga shikast etkazdi. Noxush voqea ko‘chada yuz bergan, deb xabar bermoqda "Kun" nashri. Erkakning orqa cho‘ntagida bo‘lgan smartfon u ko‘chani kesib o‘tayotganda to‘satdan yonib ketgan.

Oqibatda yosh yigit to‘g‘ri shifokorga borgan: shifokorlar uning oyog‘i son qismidan 3 darajali kuyish jarohati olganini qayd qilishgan. Jurnalistlarning taxminicha, smartfon akkumulyatoridagi nuqson sababli alangalanib ketgan. Biroq voqeaning aniq sabablari hozircha noma’lum.

Iyulda Ajay Raj ismli foydalanuvchi YouTube’da Xiaomi Mi 4i smartfoni qo‘lida yonib ketgani videosini chop etgandi. Smartfon bu vaqtda quvvat olayotgan bo‘lgan.

Sentyabr boshida Samsung kompaniyasi barcha Galaxy Note 7 smartfonlarini ortga qaytarib olayotgani ma’lum qilingandi. Bunday qarorga qurilmaning quvvat olish vaqtida yonib ketishi holatlari sabab bo‘lgan.

12 sentyabrda smartfondan birinchi jarohat olganlar haqida ma’lumot paydo bo‘ldi: 6 yoshli bola smartfonda video ko‘rib o‘tirganda, u to‘satdan portlab ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Mi 4c smartfoni portlab ketib egasiga shikast etkazdi