
Facebook o‘zining blogida ijtimoiy tarmoq brendlar sahifalarida layklarni hisoblash tamoyilini o‘zgartirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi – ijtimoiy tarmoq endilikda akkauntlari faolsizlashtirilgan foydalanuvchilarning layklarini hisobga olishni to‘xtatadi.
Bu yangi o‘zgarish foydalanuvchilar tomonidan faolsizlashtirilgan va foydalanuvchilarning faolsizligi tufayli o‘chirib tashlangan akkauntlarga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha faol bo‘lmagan profillar brendlar sahifasidan o‘chirib tashlanadi. Biroq akkaunti o‘chirib tashlangan foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqqa qaytsa, uning barcha layklari tiklanadi.
Shu tariqa tashkilotlarda o‘zlarining auditoriyasi haqida aniq tasavvur bo‘ladi, deb hisoblaydi Facebook.
Kompaniyaning xabar berishicha, bu o‘zgarishlar yaqin haftalar ichida amalga oshiriladi. Facebook sahifalarning egalari foydalanuvchilarning kamayganinini sezishlari mumkinligini aytib o‘tmoqda, biroq ijtimoiy tarmoqning fikricha, bu o‘zgarish ularning bizneslari uchun yanada foyda beradi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar