Foto: Financial Times
Manchesterdagi Milliy grafen institutida bundan 20 yil avval olingan ilk grafendan tayyorlangan miya implanti avgust oyi oxirida klinik sinovlardan o‘tkaziladi, deb xabar beradi Financial Times.
Olimlar mazkur yangilik inson miyasini hozirgi qurilmalardan ko‘ra ancha ilg‘or bo‘lgan tashqi kompyuterlar bilan bog‘lash imkonini berishiga umid qilmoqda. Bu Parkinson kasalligi, insult va boshqa nevrologik kasalliklarni davolashni yaxshilaydi. Implant harakati cheklangan bemorlarning fikrlarini nutqqa aylantirishga yoki harakatlarni bajarish uchun buyruqlarni uzatishga yordam beradi.
«Insonlarda o‘tkazilgan ilk tadqiqotning asosiy maqsadi 8-10 nafar bemor miyasiga biriktirilgan grafen elektrodlarining xavfsizligini namoyish etishdir», — deydi tadqiqot bosh ilmiy rahbari, professor Kostas Kostarelos.
64 ta grafen elektrodli implant glioblastoma o‘simtasini olib tashlash uchun o‘tkaziladigan birinchi neyrojarrohlik amaliyoti davomida o‘rnatiladi. Qurilma neyron faolligini rag‘batlantiradi va ularning hisobotini yuritadi.
Tadqiqotning keyingi bosqichida Parkinson kasalligini davolash uchun ikkita elementdan iborat implant sinovdan o‘tkaziladi: biri miyaning yuqori qatlamiga «sellofan bo‘lagi kabi» o‘rnatiladi, shunda u elektr faolligini o‘qiydi, ikkinchisi esa kassalik tufayli buzilgan harakat va boshqa funksiyalarni boshqaradigan hududlarni yaxshiroq rag‘batlantirish uchun miyaga joylashtiriladi.
Grafen geksagonal tuzilishga ega uglerod atomlaridan tashkil topgan bir atom qalinligidagi ikki o‘lchamli materialdir. U uglerod birikmalar orasida eng mustahkam, eng yengil va elektr o‘tkazuvchan hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi