Toshkentda Samsung Galaxy E5 1,1 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Samsung Galaxy E5 1,1 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
Toshkentda Samsung Galaxy E5 1,1 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Galaxy E5 smartfoni sotila boshladi, deya xabar bermoqda «Mobinfo.uz». U Samsung kompaniyasi tomonidan yil boshida Las-Vegasdagi CES 2015 ko‘rgazmasi doirasida taqdim etilgan edi.

Smartfon 5 dyuymli va 1280×720 pikselli Super AMOLED-displey, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 410 prosessori, 1,5 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. Akkumulyatori sig‘imi 2400 mA/soatga teng.

Poytaxtdagi «Fleshka» savdo majmuasida Galaxy E5 1,1 million so‘mdan sotilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar