21:00 / 07.09.2024
74

O‘zbekistonda qancha abonent internet tarmog‘iga ulangan?

O‘zbekistonda qancha abonent internet tarmog‘iga ulangan?
O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni qanchaligi ma’lum qilindi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvar holatiga, internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 foizga oshgan. Hududlar orasida internet tarmog‘iga ulanganlar soni:

Eng ko‘p abonentlar soni Toshkent shahrida — 6,3 mln;
Eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida — 0,7 mln.

2024 yilning yanvar—iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,4 foizni tashkil etgan. Tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 47,7 foizi aloqa xizmatlari, 35,2 foizi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar, 9 foizi ma’lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar, veb-portallar, 4,9 foizi dasturiy ta’minotni chiqarish, qolgan 3,2 foizi kompyuterlar va aloqa uskunalarini ta’mirlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda qancha abonent internet tarmog‘iga ulangan?