7 210
Xakerlar Yahoo!’ning 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘rilashgani ma’lum qilindi
Xakerlar Yahoo!’ internet qidiruv tizimining 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘rilashgani ma’lum qilindi. Bu haqda kompaniya bergan bayonotda aytilmoqda, deyiladi "Kun" nashrida.
"Yahoo! Inc. tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tekshiruv foydalanuvchilar akkauntlaridagi ba’zi ma’lumotlar 2014 yil oxirida kompaniya tarmog‘idan kompaniya davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi deb hisoblaydigan kuchlar tomonidan o‘g‘rilangan", deyilgan xabarda.
O‘g‘rilangan ma’lumotlar foydalanuvchilar ismlari, elektron pochtalari manzillari, telefon raqamlari, tug‘ilgan sana, shifrlangan parollar va ba’zi hollarda shifrlangan va shifrlanmagan maxfiy savollar va ularga javoblarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga o‘g‘rilangan ma’lumotlar orasiga himoyalanmagan parollar, to‘lov kartalari yoki bank hisob raqamlari haqidagi ma’lumotlar tushmagan.
Kompaniya ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot muassasalari bilan ishlamoqda. Kompaniya shuningdek hujumga uchragan bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchilarni bundan ogohlantirmoqda va ularga akkauntlari himoyasini kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.
Jumladan, kompaniya foydalanuvchilarga agar 2014 yildan beri o‘zgartirilmagan bo‘lsa, maxfiy savollar va ularga javoblarni, parollarni o‘zgartirishni tavsiya qildi. Shuningdek, o‘g‘rilangan ma’lumotlarga o‘xshash ma’lumotlar ishlatilgan boshqa saytlardagi akkauntlar bilan ham shunday yo‘l tutish maslahati berildi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarga shubhali manzillardan xatlarni ko‘chirmaslik tavsiya qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi