Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
Malayziyaning yetakchi robototexnika yetkazib beruvchisi Meraque Group kompaniyasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, u 4,3 mln gektar ekin maydonlarini o‘z ichiga oladi.
Meraque kompaniyasi kelgusi uch yil ichida O‘zbekistonda mingta ish o‘rni yaratadigan va 100 ming gektar qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 20 mln Malayziya ringgiti sarmoya kiritmoqchi. Kompaniya, shuningdek, mintaqadagi texnologik takomillashtirish uchun qo‘shimcha 30 mln ringgit yig‘moqchi.
Hamkorlikning asosiy qismi – qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ekotizimini yaratish siyosatini ishlab chiqish bo‘ladi, bu esa mamlakatning 100 ming fermeri uchun samaradorlik va barqarorlikni oshiradi.
Meraque, shuningdek, dron operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘quv dasturlari orqali o‘qitish va bilim almashishga e’tibor qaratadi.
Razali Ismoilning aytishicha, bu hamkorlik ikki mamlakat qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi