08:18 / 05.10.2024
19

YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi

YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi
Foto: Pixabay
YouTube videoxostingni xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam hamda firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi. Akkauntlar bilan bog‘liq muammolar haqida dunyoning turli davlatlaridagi foydalanuvchilar 3 oktyabr kuni kechasi ma’lum qildi.

YouTube'ga egalik qiluvchi Google kompaniyasi ayrim akkauntlarni rostdan ham tasodifan bloklab qo‘yganini tan oldi va ushbu muammoni bartaraf etish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.

«Mutaxassislarimiz o‘chirib yuborilgan barcha kanallarni va pulli obunalarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda. Biz tomonimizdan amalga oshirilgan ushbu xatolikdan qattiq afsusdamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Mazkur xabar ostiga 300 dan ortiq izoh qoldirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar o‘z akkauntlari qayta tiklanganini, shu bilan birga, ba’zi kanallardagi videolar butunlay yoki qisman yo‘qolib qolganini bildirgan.

Nosozlik nima sababdan yuz bergani noma’lum. «Xabr»da e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Rossiyadagi ayrim foydalanuvchilar VPN'dan foydalanganida akkauntlari bloklangan. Google bunga izoh bermagan. Boshqa davlatlardan bo‘lgan foydalanuvchilar esa o‘z izohlarida VPN'dan foydalanilgani sabab bloklanish yuzaga kelgani haqida hech narsa demagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi