Yirik ijtimoiy tarmoq keyingi oyda tashkilotlar uchun mo‘ljallangan Facebook At Work versiyasini ishga tushirishi mumkin. Ushbu yangi versiya orqali Facebook ish jarayonini ijtimoiy tarmoqda bo‘lgani singari yanada qiziqarli etish maqsadida, deb yozmoqda "Terabayt.uz" sayti.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, Facebook’ning yangi At Work versiyasidan foydalanish uchun tashkilotlar emas, balki muayyan xodimlar oylik obuna haqini to‘laydilar. Bu orqali ijtimoiy tarmoq ham har bitta xodimni (tarmoqdan foydalanishidan qat’iy nazar) xizmatda ro‘yxatdan o‘tkazish muammosidan xalos bo‘ladi.
Facebook At Work tarmog‘ida xodimlar maxsus postlar yordamida o‘zaro fikr almashishi va vazifalarni belgilashi mumkin bo‘ladi. Hozirda Convo ($9/bir oyga), Salesforce Chatter ($15/bir oyga) va Microsoft’s Yammer ($3-$24/bir oyga) kabi servislar xuddi mana shunday vazifasini dunyo bo‘ylab bajarib kelishmoqda. Bundan tashqari, Facebook At Work tarmog‘ida o‘zaro guruhli chatlardan va qo‘ng‘iroqlardan foydalanish imkoniyatini beradigan Messenger analogi ham ko‘zda tutilgan.
Hozircha Facebook At Work tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha oylik obuna narxi ma’lum emas. Biroq kompaniya mazkur servisning beta versiyasini sinovdan o‘tkazgan dasturchilarga alohida chegirma berishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi