10:12 / 06.10.2024
23

Harvard talabalari smart ko‘zoynak yordamida begonalarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi

Harvard talabalari smart ko‘zoynak yordamida begonalarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi
Foto: AFP/Getty Images
Qurilma Harvard talabalarga notanish yo‘lovchininf ismi, telefon raqami, uy manzili, ish joyi, shuningdek, qarindoshlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan.

Smart ko‘zoynaklarning ishlash prinsipi Ray-Ban Meta kameralaridan olingan videolarning bevosita uzatilishiga asoslangan. Maxsus kompyuter dasturi sun’iy intellekt yordamida kadrdagi yuzlarni ochiq ma’lumotlar bazalari orqali aniqlaydi. Bu bilan o‘tkinchilar haqidagi shaxsiy ma’lumotlar ham topiladi, so‘ng mobil ilovaga yuboriladi.

Talabalardan biri o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida ko‘zoynak qanday ishlashini namoyish etuvchi videoni joylashtirdi. Tajriba o‘tkazuvchilar ko‘chada va metroda notanish odamlar yoniga borib, ularning ismi, ish joyi va boshqa ma’lumotlarini aytib hayratga solmoqda. Bundan tashqari, talabalar bu texnologiya yordamida o‘z kursdoshlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni bilib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Talabalar o‘z tajribalari orqali kelajakdan kutilgan yechimlar hozirning o‘zida mavjudligini, shu bilan birga odamlar haqidagi shaxsiy ma’lumotlar yetarlicha himoyalanmaganini ko‘rsatib berdi.

Facebook asoschisi Mark Sukerberg yaqinda bergan intervyusida 2030 yilga borib aqlli ko‘zoynaklar asosiy iste’molchi qurilmaga aylanishini aytgandi. Ammo bu boshqa gadjetlar tarixga aylanadi degani emas: kompyuterlar va telefonlar ham ishlatiladi, lekin kamroq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Harvard talabalari smart ko‘zoynak yordamida begonalarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi