19:55 / 10.10.2024
30

AQSHda quyosh energiyasidan quvvat oladigan dron yaratildi

AQSHda quyosh energiyasidan quvvat oladigan dron yaratildi
Foto: Forbes
AQSHda quyosh energiyasida ishlaydigan Skydweller dronining sinov parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi. Maqsad – uzoq muddat davomida havoda parvoz qila oladigan dron yaratish, deb yozadi Forbes.

Skydweller'ning parvozi bor-yo‘g‘i 22,5 soat davom etgan bo‘lsa-da, AQSH harbiy-dengiz kuchlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning maqsadi ulkan: kunduzi quyoshdan, kechasi esa batareyalardan quvvat oladigan patrul dronini yaratish.

Deyarli cheksiz chidamlilikka ega quyoshdan quvvat olib uchadigan dronlarni yaratish uchun uzoq vaqt talab etildi. Harbiy-dengiz kuchlari nihoyat o‘zining uzoq muddat kutilgan maqsadiga yaqinlashmoqda. Bu tijorat aviatsiyasining butunlay yangi sohasi bo‘ladi , deb yozadi nashr.
Skydweller yengil uglerod tolasidan tayyorlangan, qanotlarining umumiy uzunligi 72 metr va og‘irligi 2550 kilogrammni tashkil qiladi. Samolyot kuchli, ammo egiluvchan qanotlarga ega bo‘lishi juda muhim, bu unga hatto qiyin aerodinamik sharoitlarga ham bardosh berishga ko‘maklashadi.

Avvalroq NASA, Boeing, DARPA (Pentagondagi tadqiqot agentligi), Google va Facebook kabi gigantlar quyosh energiyasida ishlaydigan samolyot yaratishga urinib ko‘rgan, ammo buning uddasidan chiqa olmagandi.

22 soatlik parvoz davomida Skydweller muhandislari simulyatsiya natijalarini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni to‘plaganliklarini aytishdi. Sinovning keyingi bosqichida dron dengiz flotida foydalaniladigan sensorlar va aloqa uskunalari bilan jihozlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSHda quyosh energiyasidan quvvat oladigan dron yaratildi