Rossiyaning Krivoy-Rog shahrida yashaydigan Valeriy Levchenko ismli dasturchi elektron matnlarni qo‘lyozma konspektlarga o‘giradigan “Pises” nomli servis ustida ish olib bormoqda. Bu haqda TJournal'ga asoslanib "Terabayt.uz" xabar berdi.
Dasturchining aytishicha, servis ayni paytda beta-sinov bosqichidan o‘tmoqda. Tez orada undan hamma foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Servis rus va ingliz tillaridagi matnlar, tinish belgilari, son va formulalarni aniqlay oladi. Boshqa analoglardana farqli ravishda “Pises” yozuvlarni ba’zi xatolar bilan o‘giradi, natijada yozuv yanada tabiiy ko‘rinadi. Kelajakda servisga turli shrift turlarini qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Levchenkoning ta’kidlashicha, mazkur dastur “makulaturani” sevadigan va talabalardan tinmay konstpekt yozishni talab qiladigan o‘qituvchilarga “qarshi kurashishda” juda asqotadi.
Qo‘lyozma shakliga o‘girilgan matnlarni daftarga yoki istalgan A4 formatda chop etish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”