Uzcard Forum - 2024 doirasida O‘zbekistonning «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ (Uzcard) ijrochi direktori Olimjon Zokirov va Qirg‘izistonning «Mejbankovskiy Protsessingoviy Sentr» AJ (Elcard) boshqaruvi raisi Qanikey Jamangulova hamkorlik memorandumini imzoladi.
Shunday qilib, milliy to‘lov tizimlari rahbarlari ikki davlat hududida to‘lovlarni o‘zaro qabul qilish imkonini beruvchi keng ko‘lamli qo‘shma loyihani ishga tushirishga tayyorligini tasdiqladilar: O‘zbekistonda Elcard kartalari va Qirg‘izistonda Uzcard kartalari orqali.
Memorandum ikki davlat kartalari egalari uchun transchegaraviy tranzaksiyalarni soddalashtirish, transchegaraviy to‘lovlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi raqamli yechimlarni ilgari surish, shuningdek, ikki davlat fuqarolarining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali tizimlararo integratsiyani yaratishga qaratilgan.
Qayd qilinishicha, milliy to‘lov tizimlarining integratsiyalashuvi nafaqat ikki davlatning moliyaviy infratuzilmasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi, balki Qirg‘iziston va O‘zbekistonning boshqa ko‘plab tarmoqlarida o‘zaro savdo, turizm va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yangi sur’at bag‘ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi