11:41 / 05.10.2016
6 735

OAV: Yahoo 2015-yilda AQSh maxsus xizmatlari uchun elektron pochtani nazorat qiluvchi dastur yaratgan

OAV: Yahoo 2015-yilda AQSh maxsus xizmatlari uchun elektron pochtani nazorat qiluvchi dastur yaratgan

Amerikaning Yahoo kompaniyasi 2015-yilda AQSh maxsus xizmatlari talabiga bo‘ysunib, foydalanuvchilarning elektron pochtalariga kelayotgan barcha xatlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot ishlab chiqqan, deb yozadi “TASS”. Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, dastur matnli xabar yoki ilova qilingan fayl ichidagi kerakli so‘z yoki so‘z birikmasini topishga qodir.

Yahoo rahbariyatiga qaratilgan talab Milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruv byurosi nomidan yuborilgan maxfiy ko‘rsatmada keltirilgan. Ularning ruxsati bilan kompaniya yuz millionlab elektron xatlarni tahlil qilib chiqqan.

Reuters yozishicha, Yahoo Amerikaning yuqori texnologiyalar sohasidagi kompaniyalari ichida maxsus xizmatlarning buyurtmasi bilan bunday hajmdagi foydalanuvchilar yozishmalarini ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan birinchi kompaniya bo‘ldi.

Yahoo esa ushbu ma’lumotlarni tasdiqlashdan bosh tortdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OAV: Yahoo 2015-yilda AQSh maxsus xizmatlari uchun elektron pochtani nazorat qiluvchi dastur yaratgan